Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda davlat soliq boshqarmasi 531 ta tekshiruvning barchasida huquqbuzarliklarni aniqladi
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bozorlar va savdo komplekslari hududida kunlik naqd pul tushumlarini o‘z vaqtida bankka topshirmayotgan va tegishli tartibda nazorat-kassa mashinasi hamda to‘lov terminalidan foydalanish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan 531 ta tadbirkorlik sub'yektlarida soliq tekshirishlari o‘tkazilib, ushbu tekshirishlarning barchasida hukuqbuzarliklar aniqlandi. Bu haqda QR DSB axborot xizmati «Kruz.uz»ga xabar berdi.
531 ta holatda 19,2 mln.so‘m savdo tushumlarini nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazmaslik, 111 ta holatda to‘lov terminalidan foydalanish qoidalarini buzish, 502 ta holatda 52,5 mln.so‘m naqd pul tushumlarini bank kassasiga topshirmaslik va 353 ta holatda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holati aniqlanib, ulardan sotuvga qo‘yilgan jami baxosi 409,7 mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklari olib qo‘yilib, to‘plangan hujjatlar asosida 1 ta tadbirkorlik sub'yektiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 451 nafar huqukbuzarga nisbatan 18,9 mln.so‘m miqdorida ma'muriy jarima qo‘llanildi, 293 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektlariga nisbatan 1 mlrd 323,3 mln.so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilishi belgilandi.
Mavzuga oid
08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
13:30 / 24.03.2025
100 mingga yaqinlashgan ma’muriy qamoq, 5 barobar oshgan deportatsiya - O‘zbekistonda huquqbuzarliklar statistikasi
12:35 / 20.03.2025
Zargarlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori oshiriladi
14:43 / 01.03.2025