Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlariga kelmagan kuzatuvchilar bilan asosiy ish joyidagi mehnat shartnomasi bekor qilinadi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida umumiy videoselektor majlis bo‘lib o‘tmoqda. Majlisda prezidentning «2017-18 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qarori va «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha vaziyat muhokama etilmoqda.
Kun.uz muxbiri ma'lumot berishicha, majlisda bosh vazir Davlat test markazi vakili sifatida jalb qilingan binolar, qavatlar, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari biriktirilgan ta'lim muassasasiga binosiga soat 6:30da pasporti bilan yetib kelmasa, ushbu auditoriya rahbari hamda kuzatuvchisining asosiy ish joyidagi mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ma'lum qilgan. Bunday chora test sinovi o‘tkaziladigan binoga ortiqcha buyumlarni olib kirilishi, javoblar varaqasi paketiga solinadigan test materiallari to‘liq bo‘lmasligi, test sinovlari jarayonida abituriyentlarga lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, shpargalkalardan foydalanishiga, test davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatishga, abituriyentlarga yordam berishga, savollar kitobi, varag‘ini yirtishga sharoit yaratib berganida va mazkur holat bo‘yicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtirmaganida ham qo‘llanadi.
«Agar kelmaydiganlar bo‘lsa, aytib qo‘yinglar. Uzrli sababsiz kelmaydigan bo‘lsa, mana o‘tgan yili 10 foiz kelmagan, biz o‘sha asosiy joyidan ham kerak bo‘ladigan bo‘lsa mehnat shartnomasini bekor qilamiz. Shartnomasi bekor qilinishi bo‘yicha oldindan ogohlantirib qo‘yinglar», - degan Aripov.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi
20:32 / 12.05.2025