Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qassoblardan 3.8 mln so‘mlik go‘sht tortib olindi va ularga 157 mln so‘mlik jarima qo‘llandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha bozorlar hududidagi go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan savdo-sotiq faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlar tomonidan narxlarni sun'iy ravishda oshirib turganlarini aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari olib borildi.
QR DSB axborot xizmatining «Kruz.uz» saytiga xabar berishicha, nazorat tadbirlarida go‘sht mahsulotlari narxlarini sun'iy ravishda oshirgan 35 tadbirkor tomonidan 1 kilogramm go‘sht mahsulotining narxi 22000 so‘m deb ko‘rsatilishiga qaramasdan 25000-28000 so‘m narxlarda sotayotgani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlarga asosan ushbu tadbirkorlik sub'yektlariga 157 mln. 290 ming so‘m moliyaviy jarimalar qo‘llanildi va 12ta holatda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgani aniqlanib, savdoga chiqarilgan 3,8 mln.so‘mlik go‘sht mahsulotlari tortib olingan hamda arzon narxlarda aholiga sotilishi tashkil etilgan.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
22:11 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
12:15 / 10.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi
21:22 / 05.05.2025