Venesuela muxolifati 48 soatlik ish tashlashni boshlamoqchi
Venesuelada 26 iyulda muxolifat tomondan e'lon qilingan fuqarolik ish tashlashi boshlanadi va 48 soat davom etishi kerak.
Tadbirning "Demokratik birdamlik davra stoli" muxolif blokidan tashkilotchilari tadbir 30 iyulga rejalashtirilgan milliy ta'sis yig‘iniga saylovlarga bag‘ishlanganini aytishgan. Ikki kunlik ish tashlashdan keyin, 28 iyulga "Karakas shturmi" aksiyasi o‘tkazilishi belgilangan. Bu aksiya davomida muxolifat mamlakatning turli qismlaridagi odamlarni poytaxtga yo‘l olib, yig‘in chaqirtirilishini talab qilishga chorlamoqchi. Hukumat tomondan javob bo‘lmagan taqdirda muxolifat 29 va 30 iyulga noroziliklar o‘tkazishga va'da bermoqda.
Ta'sis yig‘ini konstitutsiya islohotini tayyorlash bilan shug‘ullanishi kerak. Uning loyihasini umummilliy referendumga olib chiqish kutilmoqda. Muxolifatning fikricha, bunda gap konstitutsiya buzilishi haqida ketmoqda, yig‘inni chaqirtirish qarori esa referendumda qabul qilinishi kerak.
25 iyulda Venesuela ishchilari konfederatsiyasining Ansoategi shtatidagi bosh kotibi Manuel Kiros tashkilot muxolifat ish tashlashiga qo‘shilishini ma'lum qilgan.
Aprel boshidan Venesuelada oliy sudning muxolif milliy assambleya hokimiyatini jiddiy cheklash qaroridan keyin ommaviy norozilik tadbirlari o‘tmoqda. Ushbu qaror bekor qilingan, biroq muxolifat tarafdorlari sud a'zolarini iste'foga ketkazish va muddatdan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqdalar. Endi ular ta'sis yig‘ini chaqirtirilishiga ham qarshi chiqmoqdalar. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, noroziliklar davomida halok bo‘lganlarning umumiy soni 100 kishini tashkil qilgan.
Mavzuga oid
08:02 / 20.11.2024
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
00:51 / 06.11.2024
Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi
17:13 / 30.10.2024
BMW, Mercedes, Porsche va boshqa nemis kompaniyalarida umummilliy ish tashlash boshlandi
20:37 / 24.10.2024