Jahon | 16:00 / 27.07.2017
7421
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning BMTdagi yangi doimiy vakili tayinlandi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vasiliy Nebenzyani Rossiyaning BMTdagi yangi doimiy vakili etib tayinladi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida xabar qilindi.

«Prezident «Rossiya Federatsiyasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Doimiy vakili, hamda Rossiya Federatsiyasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashidagi vakili to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, prezident boshqa bir farmoni bilan Nebenzyani tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ozod qilgan.

Nebenzya 1996-2000 yillar davomida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida katta maslahatchi, 2006-2012 yillarda esa Jyenevada Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning BMTdagi avvalgi doimiy vakili Vitaliy Churkin joriy yilning 20 fevral kuni vafot etgandi.

Mavzuga oid