Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sug‘urtalanuvchi to‘g‘risidagi ma'lumot faqat barcha foydalana oladigan manbalardan yig‘ilishi mumkin
Moliya vazirining qarori bilan Sug‘urta agentlari to‘g‘risida nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Sug‘urta agentlari sug‘urta shartnomalarini tuzish va ijro etishni tashkil etish bo‘yicha vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ular sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari (agentlik kelishuvlari) asosida faoliyat yuritadi. Bunda sug‘urta agentlari tegishli sug‘urtalash turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan sug‘urtalovchilar nomidan shartnomalar tuza olishmaydi.
Sug‘urta agentlari ishi, jumladan xatar, sug‘urtalanuvchi to‘g‘risida dastlabki axborotni yig‘ishni nazarda tutadi. Tuzatishlar bilan aniqlashtirilishicha, ularni yig‘ish sug‘urtalanuvchining shaxsiy hayotiga aralashmasdan hamma foydalana oladigan manbalardan amalga oshiriladi.
Ma'lumot uchun: shaxsiy hayot daxlsizligini buzish qonunga binoan ta'qib qilinadi (MJtK 461-moddasi, JK 1411-moddasi).
Mavzuga oid
15:20 / 05.03.2025
O‘zbekistonda anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
18:16 / 04.03.2024
Sug‘urta polisini faqat qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi
07:34 / 25.07.2023
Hukumat davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi
16:13 / 27.06.2023