Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sug‘urta polisini faqat qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi
1 sentabrdan sug‘urta bo‘yicha shartnomalarni yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy hisoblanadi.
«Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 sentabrdan:
- sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
- barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
- sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi hamda sug‘urtalovchi tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi;
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urtalovchilar tomonidan ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari sifati bo‘yicha sug‘urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Quyidagilarga shartnomalarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash majburiyati yuklatiladi:
- Coliq qo‘mitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini;
- Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish obektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini;
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga obektlarni davlat mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini.
Mavzuga oid
07:40 / 25.05.2022
Toshkentda sug‘urta polislari pulini o‘zlashtirgan sobiq direktor va uning sherigi aniqlandi
10:04 / 30.07.2018
Majburiy sug‘urta qilish shartnomasining muddatiga o‘zgartish kiritildi
11:44 / 15.05.2018
Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligini tashkil etish tashabbusiga qo‘l urildi
15:18 / 27.07.2017