Sport | 08:19 / 27.07.2017
8163
1 daqiqa o‘qiladi

USADA Makgregor va Meyvezerni janglari oldidan jiddiy doping sinovdan o‘tkazadi

Foto: mmasport

AQSh aksildoping agentligi Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘zaro janglari oldidan jiddiy doping sinovdan o‘tkazilishlarini ma'lum qildi.

"Janob Makgregor Meyvezer-Makgregor jangi uchun kelishilgan UFC aksildoping dasturi va dopingga qarshi dastur obektiga aylangan. Biz o‘tkazishimiz mumkin bo‘lgan sinovlarning maksimal soni bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Biz ularni jang oldidan ham, jang vaqtida ham qat'iy sinovdan o‘tkazamiz. Ular sinovlarining tarixi USADA saytida aks ettiriladi", deb aytgan MMA Fighting tashkiloti vakili.

Eslatib o‘tamiz, uzoq vaqtdan beri kutilayotgan jang 26 avgustda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid