Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turin politexnika universitetini bitirgan yigit o‘qishga kiritish va'dasi bilan 15 mln so‘mni olayotgan paytda ushlandi
Navoiy viloyati “Akbars Research And Development” MChJ boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Akbarjon Po‘latov Toshkentdagi Turin politexnika universiteti “Energetika” mutaxassisligini 2015 yilda bitirgan, deb yozmoqda Kruz.uz “Yerkin Qaraqalpaqstan” nashriga asosan.
Biroq, u yuqori ma'lumotli ekanini yashirib, Navoiy konchilik kolleji diplomi bilan Qoraqalpoq davlat universitetining “Elektrotexnika” yo‘nalishiga hujjat topshirib, harakatdagi qonun talablarining tegishli bo‘lim va bandidagi talablarini bila turib, qo‘pol ravishda buzishga yo‘l qo‘ygan.
Nukus shahridagi kichik tumanlarning biridan ijaraga kvartira olib, testga tayyorgarlik ko‘rayotgan A.Po‘latov bu yerda Nukus shahrili talaba yigitlar Islam Abdiramanov va Nurulla Niyetullayevlar bilan tanishadi hamda “bel og‘ritmay” mo‘may daromad orttirishni ko‘zlab jinoiy rejalar tuzdi.
Shu tariqa, ular S.Xodjaniyazovning Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining “Texnika” fakultetiga hujjat topshirganidan xabar topib, uni o‘zlarining yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari orqali davlat granti asosida o‘qishga kiritishga va'da qilib, aldov yo‘li bilan 15 million so‘m pulni olayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025