Jamiyat | 16:40 / 29.07.2017
18204
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada go‘shtdan tayyorlangan ichimlik sotila boshlanadi

Foto: Global Look Press

Germaniyalik qassob Peter Klassen bozorga go‘shtli ichimliklar chiqaradi, deb xabar qilmoqda Die Welt.

Mahsulot Germaniyada sentabr oyida sotuvga chiqariladi. Klassenning so‘zlariga ko‘ra, u Lyuksemburg, Belgiya va Fransiyadan bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma imzolab bo‘lgan.

«Biz katta qiziqish bor ekaniga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday mahsulot hali chiqarilmagan», - deya ta'kidlab o‘tdi qassob. Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro patent olishga murojaat ham yuborgan.

Klassen hozirgi paytda uch ta'mdagi ichimliklarni chiqarishga tayyorlab qo‘ygan: «Steyk», «Bombey mol go‘shti» va «Qirol tovug‘i». Ichimlikni tayyorlash uchun go‘sht sabzavotlar bilan birga bulonda qaynatilib, kakao kabi ko‘rinishga kelgunga qadar eziladi. Shundan so‘ng suyuqlik idishlarga joylanadi va turli mikroblardan tozalanadi.

55 yoshli qassobning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa sovutilgan ichimlikni bir yil davomida saqlash mumkin. Uning fikricha, bu mahsulot armiya va gumanitar yordam missiyalari uchun qo‘l kelishi mumkin. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid