Angliyalik futbolchi qamoqda islom dinini qabul qilmoqchi
«Sanderlend»ning sobiq futbolchisi, voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilishda ayblanib, 6 yilga qamalgan Adam Jonson islom dinini qabul qilmoqchi. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, 30 yoshli futbolchining xonadoshlari uning boshini olishga tayyor. Uning yonini olayotgan yagona odam esa — musulmon kishi.
16 iyul kuni Jonson o‘ziga o‘lim bilan tahdid qilayotganlari uchun boshqa qamoqxonaga ko‘chirishni so‘ragandi.
2016 yilda Jonson o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olgandi. Futbolchi 15 yoshli muxlisasi bilan ishqiy munosabatlar o‘rnatganini tan olgan, ammo u bilan jinsiy aloqa qilmaganini ta'kidlagandi. Shundan so‘ng «Sanderlend» u bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilgandi.
Jonson Angliya terma jamoasida 12 uchrashuvda maydonga tushgan va ikki gol urgandi.
Mavzuga oid
14:43 / 07.11.2021
Yo‘l qoidalariga amal qilish vojib – Islomda yo‘l harakati fiqhi kitobi muallifi bilan suhbat
16:13 / 23.10.2021
“Ruhlarni noshod qilib qo‘ymaylik” - Janoza odoblarini bilasizmi?
19:55 / 12.08.2020
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi - Prezident qarori
11:34 / 10.03.2020