Amerikaliklarning bombardimonchi samolyotlari Koreya yarim oroli ustidan uchib o‘tdi
AQShning ikkita B-1B Lancer strategik bombardimonchi samolyoti Koreya yarim oroli ustida parvoz qildi. Associated Press xabariga ko‘ra, bu uchish KXDR tomonidan qit'alararo uchuvchi ballistik raketa sinovini o‘tkazishiga javoban amalga oshirilgan.
Bombardimonchi samolyotlar janubiy koreyaliklarning qiruvchi samolyotlari hamrohligida pastlab uchishgan va Guamdagi bazaga qaytishgan. Amerikalik harbiylar bu shimoliy koreyaliklarning ballistik raketalar sinovlariga javoban amalga oshirilganini aytishmoqda.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, KXDR ikkinchi «Xvanson-14» raketasini ham uchirgan. Ta'kidlanishicha, raketa maksimal balandlikka — 3724 kilometrga ko‘tarilgan va 998 kilometr parvoz qilgan.
28 iyul kuni shimolliklar yana bir raketani uchirgandi. Raketa Yapon dengizi uzra 45 daqiqa atrofida uchib, taxminan Yaponiyaning mutlaq iqtisodiy zonasida qulagandi.
Tahlilchilarning fikricha, endilikda KXDR AQShning katta qismiga, jumladan Los-Anjyeles hamda Chikagoga xavf tug‘dira oladi.
Tramp Xitoy Shimoliy Koreya muammosini hal qilish uchun hech narsa qilmayotganini aytdi
Mavzuga oid
23:00 / 25.10.2019
AQShning strategik bombardimonchi samolyotlari Saudiya Arabistoniga yetib keldi
19:01 / 09.04.2019
Tinch okeani ustida Yaponiyaning 5-avloddagi bombardimonchi samolyoti yo‘qolib qoldi
21:56 / 16.03.2019
Yevropaga AQShning oltita yadroviy bombardimonchi samolyotlari joylashtirildi
11:00 / 12.09.2017