O‘zbekiston | 18:37 / 31.07.2017
32562
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Hotambek Shokirov O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy saytida xabar berildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3164 sonli qaroriga muvofiq Hotambek Anvarovich Shokirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi”, - deyiladi xabarda.