Farg‘onada 1 yil muqaddam sodir etilgan jinoyat ochildi
Yozyovon tumani IIBga 2016 yil 15 iyun kuni Yozyovon tumanida yashovchi G.Homidova ariza bilan murojaat qilib, kunduzi yashash uyiga noma'lum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidan jami narxi 13 400 000 so‘mlik turli xildagi tilla taqinchoqlarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilganligi xolati bo‘yicha IIB TB tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.
Farg‘ona viloyati IIB EKB ga o‘rnatilgan va ishga tushirilgan Namangan viloyati IIB EKB ning bazalarida yuqorida ko‘rsatilgan o‘g‘rilik jinoyati joyidan olingan qo‘l barmoq izlari kiritilib tekshirilganda, Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi, muqaddam JIB Namangan viloyati sudi tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi, JIB Kosonsoy tumani sudi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan sudlanib, 3 yil sinov muddati berilgan K.Nazirova (ism-sharifi o‘zgartirilgan) barmog‘idan qoldirilganligi aniqlangan. Tergov harakatlari IIB tomonidan olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

09:16 / 20.03.2025