Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuriy Vlasko qotilligining tafsilotlari ma'lum bo‘ldi
Yevropaning erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida ikki karra chempioni Yuriy Vlaskoning o‘limiga doir tafsilotlar ma'lum bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, unga ommaviy ur-yiqit chog‘ida halokatli jarohat yetkazilgan.
Avvalroq, xalqaro toifadagi sport ustasining jasadi o‘tkir tig‘li asbob bilan yetkazilgan jarohatlar bilan 29 iyulga o‘tar kechasi sohilbo‘yida topilgani aytilgandi. Bu xabarni Buryatiya Tergov boshqarmasi ham tasdiqlagan edi.
«Yosh yigitga to‘dalarning o‘zaro to‘polonida og‘ir jarohat yetkazilgan. Ayni vaqtda, ziddiyat ishtirokchilari aniqlangan, gumondorlarni aniqlash bo‘yicha ish olib borilmoqda», — deya Buryatiya Tergov boshqarmasi rahbari katta yordamchisi Dmitriy Stolyarov so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Matbuotning yozishicha, Vlasko Ulan-Udeda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro o‘smirlar musobaqasi mehmonlariga mahalliy tabiatni ko‘rsatish uchun Baykal sohiliga borgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, arzimagan tortishuv yuz bergan, shundan so‘ng avtomobillarda qandaydir odamlar paydo bo‘lgan. Ular so‘zlashib ham o‘tirmasdan sovuq qurol yordamida sportchini jonidan mahrum qilishgan.
Sportchining do‘stlari jarohatlangan sportchiga yordam berishga urinishgan, ammo Vlaskoni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Shu bilan birga, fojia guvohlariga ko‘ra, tashqaridan unga hech kim yordam bermagan.
«Unga hech kim yordam bermagan. Politsiya shifokorlarni kutdi. Sohil xizmati esa, voqealarning qarorgohi yaqinida sodir bo‘lganiga qaramay yordamga kelmadi. Sportchining do‘stlari 20 daqiqalardan so‘ng uni qandaydir mashinaga solishgan. Biroq, ular ulgurmasliklari aniq edi», — deya guvohlar so‘zlarini keltiradi Agirus.tv.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025