Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi

Foto: nuu.uz
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligining Facebook'dagi sahifasida xabar berildi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 iyuldagi qaroriga ko‘ra, G‘ofurjon Muhamedov Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan.
G‘ofurjon Muhamedov 2006 yildan 2015 yilning iyuligacha O‘zbekiston Milliy Universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2006 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetiga rahbarlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi qaroriga asosan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil qilingan edi.
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

22:57 / 05.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi

22:37 / 10.03.2025