Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat raqobat qo‘mitasi moddiy madaniy meros inshootlarini ijaraga bermoqda
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obektlarini ularda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun investorlarga taklif etadi. Bu haqda qo‘mita saytida e'lon berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obektlarini ularda savdo, mehmonxona, ko‘ngilochar va turizm sohasining boshqa obektlarini barpo qilish uchun investorlarga berish ishlarini faollashtirish ko‘zda tutilgan.
Obektlar Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq ijaraga beriladi.
Batafsil ma'lumot olish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi Ijara markaziga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
12:13 / 21.05.2025