O‘zbekiston | 14:10 / 02.08.2017
156612
2 daqiqa o‘qiladi

Imtihon natijalari qachon e'lon qilinishi ma'lum

Foto: Madina Nurman

1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari natijalari 17 avgust kuni e'lon qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar bergan.

«2 avgust kuni test materiallarini qayta ishlash boshlanadi va jarayon 17 avgustda yakuniga yetadi. Test materiallarini qayta ishlash natijasi to‘g‘risida qo‘shimcha ravishda axborot beriladi», deyilgan xabarda.

1 avgust kuni 59ta oliy ta'lim muassasalari va ularning 12ta filialida qabul test sinovlari o‘tkazildi.

Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga 729 950 (2016 yilda – 663 304) nafar abituriyent hujjat topshirgan, shulardan 7 725 (2016 yilda – 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir.

O‘rtacha tanlov 1 o‘ringa 11,0 (2016 yilda – 11,05) tani tashkil etdi.

Test sinovlarini o‘tkazish maqsadida 744 ming 271 (2016 yilda – 676 ming) dona individual test savollari komplekti tayyorlandi.

Test sinovlari 1 080 (2016 yilda – 889) ta binoda joylashgan maxsus 21 765 (2016 yilda – 19 830) ta auditoriyada o‘tkazildi. Davlat test markazi va tegishli xizmat organlari bilan hamkorlikda test sinovi o‘tkazish tartibiga so‘zsiz amal qilish bo‘yicha zarur choralar qabul qilindi.

Jamoatchilik xavfsizligini ta'minlash uchun 17 317 (2016 yilda – 16 060) nafar ichki ishlar xodimlari, 1 848 (2016 yilda – 1 276) ta avtotransport vositalari (jumladan, 84 (2016 yilda – 33) ta yong‘inga qarshi ekipaj, 362 (2016 yilda – 326) dona tez tibbiy yordam avtomashinalari).

Test sinovlariga 11 698 (1,6 %) (2016 yilda – 5 163 (0,8 foiz) nafar abituriyent qatnashmadi, 2 764 (0,38 foiz) (2016 yilda – 714 (0,1 foiz) nafari test sinovi topshirish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi.

Test sinovlari jarayonida natijaga ta'sir etuvchi qoidabuzarlik holatlari qayd etilmagan, test materiallari shu kunning o‘zida Davlat test markaziga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilgi test imtihonlarining javoblari 20 avgust kuni e'lon qilingan edi.

Mavzuga oid