Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imtihonda qo‘lga tushgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan 5-7 yilgacha chetlashtirilishi rad etildi
2022 yilda imtihonda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlarni 5-7 yilga imtihondan chetlashtirish mumkinligi ma’lum qilingandi. Bu taklif Adliya vazirligi tomonidan inson huquqlariga to‘g‘ri kelmaydi deb topilgan.
27 mart kuni AOKAda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida imtihonda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentni 5-7 yilga imtihondan chetlashtirish tartibi amal qilishi mumkin yoki yo‘qligi masalasi ko‘tarildi.
Agentlik rahbari Majid Karimovning ma’lum qilishicha, bu taklif Adliya vazirligi tomonidan ma’qullanmagan.
“Vazirlikka hujjatlar taqdim etilgandi. Bu Adliya vazirligi tomonidan “inson huquqlariga to‘g‘ri kelmaydi” degan vaj bilan to‘xtatildi. Biz ularga e’tiroz bildirolmaymiz. Lekin jahon tajribasida bu narsa mavjud”, – dedi Karimov.
Ma’lumot uchun, Majid Karimov 2022 yil OAV vakillari bilan uchrashuvda tartibni buzgan abituriyentlar 5-7 yilgacha umuman qabul imtihonida ishtirok etmasligi, agar OTMda o‘qisa, talabalikdan chetlashtirish masalasini normativ-huquqiy jihatdan qonuniylashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilayotganini ham ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023