Jamiyat | 10:19 / 04.08.2017
17771
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Beeline'dan bo‘lajak chempionlarga "aqlli" basseyn

3 avgust kuni Respublika olimpiya zaxiralari kollejida OAV uchun yosh olimpiadachilarga mo‘ljallangan "aqlli" basseyn loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur loyiha qurilishi Beeline kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Press-tur davomida Beeline kompaniyasi rahbariyati, Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Chilonzor tuman hokimiyati  vakillari birinchi innovatsion "aqlli" basseyn haqida ma'lumot berishdi. "Kun" muxbiri ham mazkur press-turda ishtirok etib, obektning qurilish jarayonidan maxsus fotoreportaj tayyorladi. 

Basseyn qurilishiga Ispaniya va Daniyadan zamonaviy jihozlar keltirildi. Start ustunlari (tumbalar), flagshtoklar, zinapoyalar, basseyn tubidagi va yon devorlardagi belgilarning barchasi FINA xalqaro federatsiyasining eng zamonaviy talablariga javob beradi.  

Basseynning "aqlli" deb nomlanishiga sabab, unda suvni tahlil qilish maxsus tizim o‘rnatilgan. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktorining so‘zlariga ko‘ra, mazkur basseynni qurilish loyihasi 30 yil avval boshlangan bo‘lib, ma'lum bir sabablarga ko‘ra uning qurilishi to‘xtatib qo‘yilgan. Endilikda mazkur sport majmuasi Beeline ko‘magi yordamida 2018 yilning bahorida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid