Sport | 20:40 / 04.08.2017
8765
1 daqiqa o‘qiladi

Igor Shkvirin «So‘g‘diyona»ga murabbiy bo‘ldi

«So‘g‘diyona» rahbariyati Igor Shkvirinni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi.

Terma jamoaning sobiq futbolchilaridan biri bo‘lmish Igor Shkvirin murabbiylik  faoliyatini «Qizilqum»da boshlagan, keyinroq «Olmaliq» boshqaruviga kelib, bu jamoada 9 yil ishlagandi

2016 yilda olmaliqlar klubi safidan ketgach, u Bekobodning «Metallurg» jamoasida seleksioner murabbiy sifatida ish olib borayotgan edi. 

U Jizzax jamoasida avvalroq ishdan bo‘shatilgan Davron Fayziyev o‘rnini egalladi.

Bugun Igor Shkvirin bilan ilk mashg‘ulotni olib borgan. Jamoani «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinda aynan ushbu murabbiy boshlab chiqadi.

Mavzuga oid