Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri davlat tili bo‘yicha imtihondan o‘ta olmadi
Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri, "Shmatritsa" mahalliy kompaniyasi direktori Ruslan Djunusov saylovoldi poygasidan chiqib ketdi, chunki davlat tili – qirg‘iz tili bo‘yicha testdan o‘ta olmadi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Qirg‘izistonning davlat tili bo‘yicha milliy komissiyasi ma'lum qildi.
"Qonunga ko‘ra, prezidentlikka barcha nomzodlar qirg‘iz tilini yaxshi bilishlari kerak. Davlat xizmatchilari bilimlari darajasini aniqlash uchun "Qirg‘iztest" deb nomlangan maxsus tizim yaratilgan bo‘lib, uning yordamida tilni bilish darajasi aniqlanadi", deb tushuntirildi komissiyada. Testdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun nomzodlar 100 balldan 60 ball to‘plab, o‘rtadan yuqori darajani ko‘rsatishlari kerak. "Junusov 46,1 ballik natijani ko‘rsatdi", deyilgan xabarda.
Ayni vaqtda o‘z nomzodini qo‘yishini e'lon qilgan 59 kishidan 20 ga yaqini davlat tilidan imtihondan o‘ta olgan. Hozircha bu borada eng katta natijani mamlakatda taniqli siyosatchi, jurnalist Adaxan Madumarov ko‘rsatgan, uning olgan bali 96,8 ni tashkil qilgan. 2-o‘rinda mamlakatning amaldagi bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov ketmoqda, u testdan 94,6 ball olgan.
Avvalroq 59 kishi o‘z nomzodini saylovlarga qo‘yish haqida saylov komissiyasini ogohlantirgan bo‘lib, bugunga kelib ularning soni 4 nafarga kamaydi: ikki kishi saylovoldi kampaniyasida ishtirok etishdan bosh tortgan, bir kishi esa 35 yoshga to‘lmagani aniqlangan, yana bir kishi davlat tiliga imtihondan o‘ta olmagan.
Qirg‘iziston prezidenti saylovlari 15 oktabrga belgilangan. Saylovda ishtirok etishga ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini olish uchun qirg‘iz tiliga test topshirishdan tashqari, nomzodlar o‘z nomiga 30 ming fuqaroning imzosini to‘plashlari kerak va 1 mln som miqdorida saylov garov puli kiritishlari kerak.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
09:02 / 05.05.2025
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi
14:29 / 03.05.2025
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
16:31 / 30.04.2025