Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi
Endilikda «PSJ» hujumchisi bo‘lgan Neymar yangi jamoaga o‘tish bilan birga dunyoning eng qimmat futbolchisi rekordini yangiladi.
Kataloniyaliklar rasmiy saytiga ko‘ra, Neymarning vakillari klubga shartnomani bir tomonlama bekor qilish uchun yetarli bo‘lgan 222 mln yevro miqdorida mablag‘ni to‘lab berishgan va natijada futbol tarixidagi yangi rekordni yuzaga keltirishgan.
Neymarga qadar Pol Pogba dunyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgandi. O‘tgan yili u «Yuventus»dan 105 mln. yevro evaziga «Manchester Yunayted»ga yo‘l olgandi.
Dunyoning eng qimmat futbolchilar. TOP-5.
1. Neymar — 222 mln yevro («Barselona» — erkin agentlik huquqi sotib olinib — «PSJ»ga);
2. Pol Pogba — 105 mln yevro («Yuventus» — «Manchester Yunayted»);
3. Garet Beyl — 101 mln yevro («Tottenhem» — «Real»);
4. Krishtianu Ronaldu — 94 mln yevro («Manchester Yunayted» — «Real»);
5. Gonsalo Iguain — 90 mln yevro («Napoli» — «Yuventus»).

Mavzuga oid
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
10:25 / 30.04.2025
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi
16:20 / 29.04.2025