Jahon | 20:35 / 05.08.2017
5989
3 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy: Eron hech qachon yadroviy bitimni buzmaydi, biroq qoidabuzarliklarga javob beradi

foto: AFP

Eron hech qachon Eron atomi bo‘yicha kelishuvni buzmaydi, biroq yadroviy bitimda ishtirok etayotgan AQSh tomondan qo‘yiladigan qoidabuzarliklarga javob beradi. Bu haqda 5 avgustda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ikkinchi muddatga inauguratsiyasi munosabati bilan so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

"AQShning yadroviy kelishuv doirasida o‘z majburiyatlarini bajara olmasligi AQShning ishonchga loyiq bo‘lmagan hamkorligini ko‘rsatadi", deb aytdi Ruhoniy Majlis (parlament) binosidagi nutqida. "Eron hukumati va xalqi hech qachon yadroviy bitimni birinchi bo‘lib buzmaydi, biroq AQShning qoidabuzarliklariga javoban jim turmaydi", deb qo‘shimcha qilgan Eron prezidenti.

Ruhoniy Eron va jahonning yetakchi 6 davlati (Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh, Fransiya va Germaniya) tomondan qabul qilingan Qo‘shma har tomonlama harakatlar rejasini va Erondan embargoning olinishini amaldagi hukumatning asosiy yutuqlaridan biri deb atadi. Eron prezidenti o‘z nutqida Eron hukumati o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ochiqligini va qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatidaligini ta'kidlab o‘tdi. Ruhoniy shu munosabat bilan istalgan mintaqaviy, jumladan Suriya va Yamandagi inqirozlarni muloqot orqali hal qilish zarurligini aytib o‘tdi. "Jahon davlatlari bilan konstruktiv hamkorlik va mintaqadagi davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash uchun zarurdir", deb aytdi Ruhoniy. 

Eron prezidenti uning Tehrondagi inauguratsiyasiga yig‘ilgan xorijiy delegatsiyalar a'zolariga minnatdorchilik bildirdi va "xorijlik mehmonlarning ishtirok etishi" Eron va boshqa davlatlar o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar belgisi ekanligini ta'kidlab o‘tdi. 

68 yoshli Ruhoniy mamlakatda 19 may kuni o‘tgan prezident saylovlari natijalariga ko‘ra ikkinchi muddatga qayta saylandi. Uning nomzodiga 57 foiz saylovchilar (23,5 mln kishi) ovoz bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid