Jahon | 11:49 / 05.08.2017
8515
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar mahkamasidagi o‘zgarishlar Yaponiya hukumati reytingini ko‘tardi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hukumatini qo‘llab-quvvatlash reytingi Vazirlar mahkamasi tarkibidagi o‘zgarishlardan so‘ng o‘sdi. Mamlakatning yetakchi nashrlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasi shundan dalolat qilmoqda. 

Ayni vaqtda Abe hukumatini qo‘llab-quvvatlash darajasi 35-42 foizgacha ko‘tarildi. Hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar 3 avgustda amalga oshirilgan edi. 

Mainichi nashriga ko‘ra, hukumat reytingi iyul oyidagi so‘rov natijasidan 9 foizga o‘sib 35 foizni tashkil etgan. 

Bunda Nikkei nashri ko‘rsatkichi 3 punktga ko‘tarilib, 42 foizni tashkil etmoqda. 

Yomiuri gazetasi o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov ham 6 punktga o‘sish kuzatilgani va aholining 42 foizi Vazirlar mahkamasini qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatmoqda.

Biroq Nikkei nashrining yozishicha, bu baribir Abe hukumati uchun yetarli emas. Bu raqamlar bosh vazir Abe, uning vazirlari va Yaponiya liberal-demokratik partiyaga ishonchsizlik katta ekanini ko‘rsatadi.  

3 avgust kuni Abe hukumat tarkibida keskin o‘zgarishlarni amalga oshirib, 19 nafar yangi vazirni tayinlagan edi. 

Mavzuga oid