Sport | 11:30 / 06.08.2017
11370
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Hakam «Feyyenoord»ning golini bekor qilib, darvozasiga penalti belgiladi

Video: Hakam «Feyyenoord»ning golini bekor qilib, darvozasiga penalti belgiladi

Niderlandiya Superkubogi uchun «Feyyenoord» va «Vitess» klublari o‘rtasida kechgan bahsda o‘yin hakami Danni Makkeli «Vitess» hujumchisi Tim Matavjga nisbatan jarima maydonchasi hududida ishlatilgan qo‘pollikni ko‘rmay qoldi va o‘yinni davom ettirishga ruxsat berdi. Bu vaziyatda qarshi hujumga o‘tgan «Feyyenoord» esa gol urdi. Ammo qanot hakami rotterdamliklar qoida buzishgani haqida xabar berdi. 

Bu epizodni hal qilish uchun Makkeli videotakror tizimidan foydalandi va «Feyyenoord» hujumchisi Nikolay Yorgensenning golini bekor qilib, «Vitess» 11 metrli jarima zarbasini ijro etishi kerakligini ko‘rsatdi. Penaltini Aleksander Byuttner aniq ijro etib, hisobni tenglashtirdi - 1:1. 

Uchrashuv yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa «Feyyenoord» ustun kelib (4:2), Niderlandiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid