Jahon | 10:25 / 07.08.2017
13520
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladesh aeroportida bojxonada 25 kg oltin olib o‘tmoqchi bo‘lgan «kasal» qo‘lga olindi

Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi asosiy aeroportning bojxona xizmati xodimlari yakshanba kuni umumiy og‘irligi 25 kg bo‘lgan 250 dona tilla bo‘lakchalarini mamlakatga olib kirishga uringan shaxsni to‘xtatishdi.

Bojxona xizmatchilari o‘zini nogironlardek tutib, «yashil yo‘lakcha» orqali aravada o‘tib ketayotgan Zamil Aktardan shubhalangan hamda umumiy qiymati 1,54 million AQSh dollari miqdoridagi ko‘plab tilla bo‘lakchalarini topib olishgan, deb yoziladi Sinxua nashri xabarida.

Jinoyatchi Singapur havo yo‘llarining kechki soat 11:00da Hazrat Shohjalol xalqaro aeroportiga qo‘ngan bort yo‘lovchisi bo‘lgan. O‘tgan davr mobaynida Bangladeshda oltin, xorijiy valyuta va tibbiy dori-darmonlar kontrabandasi kuchayib bormoqda, deb ta'kidlanadi manbada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid