Kegeyli tumanida noqonuniy qurol saqlagan shaxs qo‘lga olindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan uyida noqonuniy qurol saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Kegeyli tumani Kumshungul OFYda yashovchi S.S. uyida “TOZ-B” markali, 2 stvolli, 16 kalibrli, o‘q otar qurolni noqonuniy saqlayotganligi aniqlandi.
Kegeyli tuman IIB tomonidan fuqaro S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

10:19 / 17.04.2025
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan

11:50 / 15.04.2025
FT: Yevropa qurol konserni qurolga bo‘lgan talabni qondira olmayapti

11:38 / 02.04.2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi

08:21 / 15.03.2025