Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:29 / 08.08.2017
7648
1 daqiqa o‘qiladi
Makkadagi mehmoxonalardan birida yong‘in yuz berdi, jabrlanganlar yo‘q
Saudiya Arabistonidagi mehmonxonalardan birida yong‘in yuz berdi. Unda hindistonlik 391 fuqaro istiqomat qilayotgan edi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Makka shahri fuqaro mudofasi boshqarmasi vakili Naif Sharifning ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in ertalab Aziziya mavzesidagi 7 qavatli binoning so‘nggi qavatida ro‘y bergan.
«Yong‘in o‘chirildi, halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar yo‘q», - degan Sharif.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish