Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mariupolda jarrohlar askar oyog‘idan portlamay qolgan granatani chiqarib olishdi
Mariupol gospitali jarrohlari sapyorlar ishtirokida ukrainalik harbiyning oyog‘idan portlamay qolgan granatani chiqarib olishdi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni maslahatchisi Alena Verbitskaya Facebook’da ma'lum qildi.
"6 avgustdan 7 avgustga o‘tar kechasi aksilterrorchilik operatsiyasi hududidagi bo‘linmalardan biri o‘qqa tutilganda Ukraina qurolli kuchlari harbiysi yaralandi. Granata Dmitriyning chap oyog‘iga tegib, unda tiqilib qolgan va portlamagan!", deb yozgan Verbitskaya.
Uning aytishicha, harbiy zudlik bilan ortga evakuatsiya qilinib, birinchi yordam olgan.
"Yarador Mariupoldagi gospitalga yetkazilishi bilan jarrohlar sapyorlar bilan birga o‘q-dorini chiqarib olish bo‘yicha noyob operatsiya o‘tkazishdi. Hozir askarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda", deb qo‘shimcha qilgan Verbitskaya.
Verbitskaya sahifasida shifokorlar operatsiya vaqtida bronejiletlar kiyib olishgan suratlarni ham joylashtirgan.
Mavzuga oid
09:26 / 22.05.2025
CNN: Rossiya komandirlari asirga olingan ukrainalik askarlarni o‘ldirishga buyruq beryapti
19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi
17:46 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
19:22 / 04.04.2025