Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guam gubernatori KXDRning tahdidiga javob qaytardi
Guam oroli gubernatori Eddi Kalvoning ma'lum qilishicha, KXDRning AQSh hududiga ehtimoliy raketa zarbasi to‘g‘risidagi ogohlantirishlari tahdid keltirib chiqarmaydi, sababi orol «barcha holatlarga tayyorlangan». Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Guam – bu Amerikaning yeridir. Biz shunchaki harbiy qurilma emasmiz», - degan Kalvo.
Kalvoning ma'lum qilishicha, u Oq uy va xavfsizlik xizmati bilan ham bog‘langan bo‘lib, u yerda unga «tahdid darajasi o‘zgarmaganini» xabar berishgan.
Shuningdek, gubernator Guam harbiy rahbariyati bilan ularning «tayyorgarligini» muhokama qilish maqsadida uchrashmoqchi.
Guam hududidan kongressmen Madlen Bordalloning ma'lum qilishicha esa, amerikalik harbiy xizmatchilarning hududni Shimoliy Koreya tomonidan «chuqur xavotirga sabab bo‘layotgan» tahdiddan himoya qila olish bo‘yicha imkoniyatlariga ishonchi komil.
Shuningdek, u Amerika prezidenti Donald Trampni «qat'iy yetakchilikni» ko‘rsatish va xalqaro hamjamiyat bilan keskinlikni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik qilishga chaqirdi.
Avvalroq Shimoliy Koreya AQShning Guamdagi bazasiga zarba berish rejasini tuzayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025