Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram yangi funksiya sinovlarini boshladi
Instagram yangi funksiya - birgalikdagi jonli efir sinovlari boshlanishi haqida ma'lum qildi, unda to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatiladigan translyatsiyaga mehmonni qo‘shish mumkin bo‘ladi. Bu haqida ijtimoiy tarmoq matbuot xizmatida xabar berildi.
"To‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqish — o‘z do‘stlari va folloverlari bilan muloqot qilishga mo‘ljallangan qiziqarli format, biroq butun dunyo bilan "birga bir" chiqish ba'zilar uchun noqulay. Yangi funksiya translyatsiyaga mehmonni qo‘shish imkonini beradi, folloverlar esa avvalgidek "layk" bosishlari va izoh qoldirishlari mumkin bo‘ladi", - deyiladi matbuot relizida.
Ma'lum qilinishicha, hozirda funksiyadan foydalanuvchilar soni cheklangan, lekin bir necha oydan so‘ng u to‘liq hajmda ishga tushadi.
Mavzuga oid
16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi
22:30 / 02.01.2025