Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kirim hujjatlarisiz realizatsiya qilganlik uchun hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turiladi
Mamlakatning ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
O‘zgartirishlar soliq organlarining kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini sudgacha 5 bank kunigacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish vakolatini mustahkamlaydi.
Tegishli qo‘shimchalar «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonun va Soliq kodeksiga kiritilmoqda. Tuzatishlar kelgusi yilning boshidan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur norma Prezidentning 18.07.2017 yildagi PF–5116-son farmonining 2-bandida keltirilgan.
Ma'lumot uchun: xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari sud tartibida quyidagi holatlarda to‘xtatib turilishi mumkin:
• soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilinganda;
• daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan, joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish soliq to‘lovchi tomonidan rad etilganda;
• soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda;
• soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda.
Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish holatlari aniqlanganda operatsiyalar alohida tartibda to‘xtatib turiladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi
17:46 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
19:22 / 04.04.2025
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
15:43 / 12.09.2024