Misrlik politsiyachilarga qurolli hujum uyushtirildi, qurbonlar bor
Misrning Shimoliy Sinay viloyatida qurolli hujum natijasida uch nafar politsiya xodimi va bir harbiy halok bo‘ldi.
Misr xavfsizlik kuchlaridagi manbalarning "Anadolu"ga xabar berishicha, Biar-Al-Abd tumanidagi qishloqlardan biri yaqinida noma'lum kimsalar politsiya xodimlari va harbiylar bo‘lgan avtomobilni o‘qqa tutishgan.
Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z bo‘yniga olmagan.
Mintaqadagi "Vilayat Sinay" guruhi IShID terrorchi tashkilotining mahalliy bo‘limi hisoblanadi. 2014 yilning noyabriga qadar u "Ansor Bayt Al-Maqdas" nomi bilan tanilgan. O‘shanda guruh rahbarlari uning nomini "Vilayat Sinay"ga o‘zgartirishgan va IShIDga sodiqlik bildirishgan.
Misr xavfsizlik kuchlari 2013 yilning sentabridan buyon Shimoliy Sinayda keng ko‘lamli aksilterror operatsiyalarini o‘tkazib kelishadi.
Mavzuga oid
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024