Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madam Tyusso muzeyida mumdan ishlangan yangi haykal paydo bo‘ladi
Madam Tyusso muzeyi tvitterda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning mum haykali ustida ish olib borilayotganini aytib o‘tdi.
Haykalni joriy yilda Londonda ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Meyning haykali siyosat sohasidagi boshqa “og‘ir vaznlilarning nusxalari” safidan joy oladi. Ular orasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel bor, deb yozmoqda The Guardian.
Bosh vazirning mum haykali aynan qanday kiyimda bo‘lishi noma'lum: muzey bu boradagi ma'lumotni sir saqlamoqda, biroq Meyning ko‘pchilik e'tiborini o‘ziga tortuvchi kolleksiyasidagi liboslardan birining aniq nusxasi yaratilishiga va'da berilgan.
2016 yilning boshida madam Tyusso muzeyida qirolicha Yelizaveta II va uning oilasi antiqa kiyimlarda taqdim qilingandi.
Mavzuga oid
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi
13:30 / 11.02.2025