Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy banki Rossiyaning ikki bankidan 1 milliard dollar kredit oldi
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga Rossiyaning «Gazprombank» va «Vneshekonombank» banklari umumiy summasi 1 milliard AQSh dollariga teng ikkita kredit liniyasi ajratgan, deya milliy bank matbuot xizmatiga asoslanib xabar bermoqda Eurasia daily.
«Gazprombank»ning 500 million AQSh dollari hajmidagi kredit liniyasi «sanoatning tekstil va boshqa sohalaridagi investitsion loyihalarni moliyalashtirish» maqsadida 7 yilga ajratilgan. Hajmi shunday yana bir kredit liniyasi «Vneshekonombank» tomonidan 15 yil muddatga «investitsion loyihalarni moliyalashtirish» maqsadida ajratilmoqda. Kreditlar bo‘yicha bazaviy stavka yiliga 18 foizni tashkil etadi.
Podrobno.uz axborot agentligi manbasining xabariga ko‘ra, dastlabki transhlar tekstil ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Milliy bankka kredit ajratish masalasi aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga qilgan davlat tashrifi mobaynida kelishilgan edi.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
18:22 / 28.04.2025
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
19:43 / 18.04.2025
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
15:24 / 09.03.2025