Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyatlarda teri-tanosil dispanserlari quriladi
Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 563-son qarori bilan 2017-2021 yillarda dermatovenerologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ma'qullandi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Uning asosiy yo‘nalishlari:
• dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
• dermatovenerologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qilish va barvaqt aniqlash chora-tadbirlarini takomillashtirish;
• aholining dermatovenerologik kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy yuqori texnologiyali uslublaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash;
• kadrlar salohiyatini mustahkamlash, dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
• dermatovenerologiya xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Dastur doirasida Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo teri-tanosil dispanserlari hamda Shahrisabz viloyat teri-tanosil kasalxonasining qurilishi ko‘zda tutilgan. Yana 11 ta shunday obektlar rekonstruksiya qilinadi va 1 tasi kapital ta'mirlanadi.
Dasturni moliyalashtirishning umumiy hajmi – 57,6 mlrd so‘m va 6 mln AQSh dollari.
Shu bilan birga kelgusi yilda quyidagilar tashkil etiladi:
1 – viloyat markazlaridan uzoqda joylashgan aholini to‘liq qamrab olishni hisobga olgan holda Bekobod shahri, Denov, To‘rtko‘l va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri.
2 – Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidagi dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya eksperimental ilmiy laboratoriyasi.
U mazkur sohada zamonaviy ilmiy yutuqlarni rivojlantirish va tatbiq etish, epidemiologik holat monitoringi hamda dermatologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qilishning samarali dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha muvofiqlashtirish-uslubiy ishlar bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025