Jahon | 07:20 / 13.08.2017
9591
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Suriyada “Oq kaskalar” gumanitar tashkilotining 7 xodimi otib tashlandi

Suriyadagi “Oq kaskalar" arxiv foto/Getty Images

Suriyaning Idlib viloyatida “Oq kaskalar” gumanitar tashkilotining 7 xodimi noma'lumlar tomondan o‘ldirildi. Bu haqda tashkilotning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilingan.

“Oq kaskalar” xodimlari boshlariga o‘q uzish orqali o‘ldirilganlar, deb ma'lum qilingan Suriyadagi inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashining xabarida. Bu haqda DW xabar bermoqda. Shuningdek, noma'lumlar tashkilotga tegishli ust-bosh va ikkita mikroavtobusni o‘g‘irlab ketishgan 

Hujum sabablari noma'lum, bosqinchilar kimligi aniqlanmagan.

“Oq kaskalar” 2013 yildan beri Suriyadagi jangovar harakatlar hududida qolgan aholiga ko‘mak ko‘rsatib keladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid