Fan-texnika | 14:52 / 14.08.2017
9696
1 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: xaridorlar iPhone 8’ni 1000 dollarga olmoqchi emas

Barclays kompaniyasi talqiniga ko‘ra o‘tkazilgan respondentlar so‘rovi natijalariga qaraganda, unda qatnashganlarning faqatgina 11 foizi iPhone kabi buyumga 1000 dollar sarflashga tayyor ekan. Bu haqda CNBC Barclays tadqiqotiga asosan xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yangi iPhone 8 taxminan 1200 dollar atrofida turadi, bu Apple sotuvlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Barclays ma'lumotiga qaraganda, “olmali” smartfon egalarining faqatgina 18 foizi keyingi model uchun 1000 dollardan ko‘proq pul sarflashga tayyor.

Avvalroq iPhone 8 nafaqat egasining yuzini farqlashi, balki u ekranga qarayotganini tushunadigan bo‘lishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid