Video: Ronaldu bosh hakamni turtgani uchun 12 o‘yinga chetlashtirilishi mumkin
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Superkubogining «Barselona»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan birinchi o‘yinida hakamni turtib yubordi.
O‘yinning bosh hakami Rikardo De Burgos Bengoechea buni o‘yin protokolida qayd etgan. Unda Ronaldu qizil kartochka olgach, hakamni turtgani yozilgan. Ispaniya futbol federatsiyasi qoidalariga ko‘ra, bunday holatlarda o‘yinchi 4 tadan 12 tagacha o‘yinga chetlashtirilishi mumkin.
Bu diskvalifikatsiya birinchi navbatda chempionat o‘yinlariga joriy qilinadi. Shu bilan Ronaldu «Barselona»ga qarshi Superkubokning javob o‘yinidan tashqari, «Real»ning chempionatdagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad» jamoalariga qarshi o‘yinlarini ham o‘tkazib yuborishi mumkin.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
10:01 / 10.11.2024
Vinida yana het-trik, lekin Madridda dahshatli muammolar
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
00:08 / 07.11.2024