BMT bosh kotibi Sharlotsvilldagi hodisalardan so‘ng chaqiriq bilan chiqdi

Foto: AFP
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Sharlotsvilldagi hodisalardan so‘ng irqchilik, antisemitizm va ksenofobiyaning boshqa ko‘rinishlariga qarshi birgalikda kurashish lozimligini ma'lum qildi.
«Irqchilik, ksenofobiya, antisemitizm va islomofobiya bizning jamiyatni zaharlamoqda. Biz ular bilan har doim va har yerda kurashishimiz kerak», - deya yozdi u tvitterdagi sahifasida.
O‘tgan dam olish kunlari Sharlotsvillda ultra o‘ng faollar va ularga qarshi bo‘lganlar o‘rtasida shafqatsiz to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu mahalliy hukumatning Fuqarolik urushi paytida janubliklar armiyasi qo‘mondoni Robert Liga qo‘yilgan haykalni buzib tashlash haqidagi qaroridan so‘ng yuz berdi.
Norozilik namoyishi vaqtida neonatsizm mafkurasiga sodiq bo‘lgan kichik Aleks Filds yuqori tezlikda faollar to‘dasiga kelib urildi, natijada bir ayol halok bo‘ldi, yana 19 kishi jarohat oldi.
Mavzuga oid

11:58 / 09.04.2025
BMT 13 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

21:12 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi

19:02 / 04.04.2025
BMT: Sun’iy intellekt tufayli boy va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut o‘smoqda

18:57 / 02.04.2025