Sport | 08:55 / 16.08.2017
5183
4 daqiqa o‘qiladi

YeChL pley-off: TsSKA «Yang Boyz»ni amallab mag‘lub etdi, «Liverpul» Germaniyadan g‘alaba bilan qaytdi

Rossiyaning TsSKA futbol klubi YeChL saralashining pley-off bosqichi birinchi uchrashuvida mehmonda Shveytsariyaning «Yang Boyz» jamoasidan ustun keldi. Berndagi «Stad de Suiss Vankdorf» stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuv 0:1 hisobida o‘z yakuniga yetdi.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda – 91-daqiqada shveysariyaliklar himoyachisi Qosim Nuxu to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. TsSKA va «Yang Boyz» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliyaning «Liverpul» jamoasi ham mehmonda g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi. Germaniyada bo‘lib o‘tgan bahsda «Xoffenxaym» 1:2 hisobida taslim etildi.

Nemis jamoasi 11-daqiqada hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi, biroq Andrey Kramarichning penaltidan bergan zarbasini Simon Minole qaytardi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida «Liverpul» hisobni ochdi - Trent Aleksander-Arnold gol urdi. 75-daqiqada «Xoffenxaym» a'zosi Xovard Nordtveyt avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, mezbonlar bellashuv oxirlarida bitta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi - Mark Ut o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shuningdek, Lissabonda mahalliy «Sporting» va Ruminiyaning «Styaua» jamoalari nursiz durang qayd etishdi, APOEL esa o‘z uyida Praganing «Slaviya»sini 2:0 hisobida taslim etdi. Ozarboyjonning «Qorabog‘» klubi Daniyaning «Kopengagen» futbolchilarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yang Boyz Shveytsariya – TsSKA Rossiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 
0:1 – 90, Nuxu avtogol.
Yang Boyz – fon Ballmos, Nuxu, Mbabu, Benito, fon Bergen, Sanogo, Bertone, Suleymani, Rave (Fassnaxt, 73), Assale (Nsame, 85), Oaro.
TsSKA – Akinfeyev, Vasin, Ignashevich, SHCHennikov, Berezutskiy, Dzagoyev(Milanov, 73), Golovin, Vernblum, Fernandes, Vitino, Chalov (Olanare, 54;Natxo, 90).
Ogohlantirishlar: Dzagoyev (33), Vernblum (43), Bertone (47), Sanogo (56), SHCHennikov (88), fon Bergen (90).

Qorabog‘ Ozarboyjon – Kopengagen Daniya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:
 1:0 – 25 Madatov.
Qorabog‘ - Shexich, Guseynov, Agoli, Medvedev, Jyeznichak, Garayev, Rishard, Gere, Michel, Madatov, Ndlovu (Ismailov, 90).
Kopengagen – Olsen, Lyuftner, Bengtsson, Ankersen, Boylesen, Verbich(Tomsen, 86), Kvist, Matich, Tutu (Amankvo, 68), Pavlovich (Soteriu, 74), Santander.
Ogohlantirishlar: Verbich (71), Amankvo (90).

Sporting Portugaliya – Styaua Ruminiya 0:0 (0:0, 0:0)
Sporting 
– Ruy Patrisiu, Koates, Koentrau (Yuri Medeyrush, 86), Pichchini, Mate, Adriyen Silva (Fernandesh, 67), Battalya, Akunya, Jyelson Martinsh, Dost, Podense (Dumbiya, 60).
Styaua – Nitse, Popesku, Momchilovich, Junior, Lariye, Filipe Teysheyra, Enake, Pintiliy, Golofka (Vilyam, 57), Alibek (Gnoere, 90), Tenase (Akim, 83).
Ogohlantirishlar: Pintiliy (32), Pichchini (56), Akunya (63), Tenase (64), Popesku (70), Battalya(82), Fernandesh (84), Dumbiya (86), Lariye (88).
Chetlatish: Pintiliy (80).

Xoffenxaym-1899 Germaniya – Liverpul Angliya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 
0:1 – 35 Aleksander-Arnold, 0:2 – 74, Nordtveyt avtogol, 1:2 – 87 Ut.
Xoffenxaym-1899 – Baumann, Bichakchich (Nordtveyt, 52), Xyubner, Kaderjabek, Fogt, Rupp (Amiri, 53), Tsuber, Demirbay, Gnabri (Ut, 71), Kramarich, Vagner.
Liverpul – Minole, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, Lovren, Firmino (Solanke, 84), Djan, Salax, Veynaldum, Mane (Gruyich, 89), Xenderson (Milner, 63).
Ogohlantirishlar: Bichakchich (34), Djan (51), Aleksander-Arnold (55), Xyubner (76).

APOEL Kipr – Slaviya Chexiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar:
 1:0 – 2 de Kamargo, 2:0 – 10 Aloneftis.
APOEL – Vaterman, Karlao, Rueda, Lago, Milanov, Vinisius, Aloneftis(Farias, 68), Nunu Moraish, Our (Efrem, 52), de Kamargo, Ebesilio(Bertolo, 83).
Slaviya – Lashtuvka, Ngade-Ngadjui, Yugas, Fridrix, Souchek, Stox (Sikora, 79), Gushbauer, Rotan (Meshanovich, 72), Shkoda, van Buren (Zmrgal, 46), Borjil.
Ogohlantirishlar: Rotan (6), de Kamargo (53), Karlao (78).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid