Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev KXDRga raketa dvigatellarining yetkazib berilishida Moskvani aybladi
Ukraina davlat kosmik agentligi raisi vazifasini bajaruvchi Yuriy Radchenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya raketalardan Ukraina dvigatellarini olib, ularni KXDRga bergan bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda «Ukrinform».
«Rossiya bugun 7 tadan 20 taga qadar bo‘lgan «Tsiklon-2» va «Tsiklon-3» raketalariga ega, ularda aynan shu dvigatellar (RD-250) bor. Hujjatlar ham bor», - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dvigatellar avval Ukrainada tayyorlangan bo‘lib, keyinchalik Rossiyaga rus kosmik dasturiga muvofiq raketalar tarkibida yetkazib berilgan.
Radchenko bu dvigatellar KXDRga aynan Rossiyadan kelib tushgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.
«Ular tayyor mahsulotlar hisobidan bu dvigatellarni istalgan davlatga yetkazib berishi mumkin. Bu istisno etilmaydi, ayniqsa, Rossiya va Shimoliy Koreyaning sheriklik munosabatlarini hisobga olsak», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Avvalroq The New York Times gazetasi KXDR qit'alararo ballistik raketalarining muvaffaqiyatli sinovlari kuchli raketa dvigateli tufayli ro‘y bergani, ular, aftidan, Ukrainaning “Yujmash” zavodidan olingani haqida xabar bergandi. Nashr Strategik tadqiqotlar xalqaro instituti ekspertlari hisoboti ma'lumotlariga tayangan.
Keyinchalik Ukraina milliy xavfsizlik xizmati kotibi Aleksandr Turchinov mamlakat mudofaa va aviafazoviy majmualari Shimoliy Koreyaga qurol va harbiy texnologiyalarni yetkazib bermagani haqida ma'lum qildi.
AQSh ham Ukrainadan KXDRga dvigatellar yetkazib berilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025