Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani haqida: buning otini ataylab qiynash deyiladi!
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya superkubogida qizil olgandan so‘ng hakamni itarib yuborgani uchun 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinganini izohlab o‘tdi.
«Bu holatda xotirjam bo‘lishning mutlaqo iloji yo‘q. Beshta o‘yin-a! Mubolag‘a qilib aytilganda bu juda kulgili holat va ataylab qiynashdan boshqa narsa emas! Jamoadoshlarim va muxlislarimga qo‘llab-quvvatlayotganlari uchun tashakkur bildiraman», — deb yozgan Ronaldu o‘zining «Instagram»ida.
Ronaldu 13 avgust kuni «Barselona»ning uy stadioni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan, «Real»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan Ispaniya superkubogining birinchi yarim finalidagi xatti-harakati uchun besh o‘yinga chetlatilgan. «Qaymoqranglilar»ning hujumchisi hakamni turtgani uchun to‘rt o‘yinga, qizil kartochka olgani uchun bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan. Jazo Ispaniya chempionati o‘yinlariga ham ta'sir qiladi.
Shunday qilib, Ronaldu 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan superkubokning javob uchrashuvida «Real»ga yordam bera olmaydi. Shuningdek, u «Deportivo» (20 avgust), «Valensiya» (27 avgust), «Levante» (9 sentabr) va «Real Sosedad» (17 sentabr) jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadigan La Liganing to‘rt uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
19:12 / 18.05.2025