O‘zbekiston | 12:00 / 17.08.2017
16124
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyevga o‘rinbosar tayinladi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3222-son qaroriga muvofiq Sohib Ismoilovich Saifnazarov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi», deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprelida O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil etilgandi. 

Biroz avvalroq Shavkat Obidjonovich To‘laganov Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid