Insonlar bilan munosabatlarni yaxshilash borasida 7 tavsiya
Odamlar bilan osonlikcha tanishish va muloqot qilishni istovchilarga "Layfxaker" tavsiyalari:
1. Smartfoningizni parvoz rejimiga o‘tkazing
Shunda sizning boshqalar bilan muloqotingizga hech kim xalaqit bermaydi. O‘zingiz ham telefonga chalg‘imaysiz va bor diqqatingizni suhbatga qaratasiz. Kimningdir ijtimoiy tarmoqlardagi izohiga kechroq javob bersangiz, buning hech qanday yomon tomoni yo‘q.
2. Ikkingizni ham qiziqtirishi mumkin bo‘lgan mavzularni tanlang
Ba'zan yangi tanish orttirish qiyin bo‘ladi. Bunday paytlarda do‘stlaringizdan kim bilandir tanishtirib qo‘yishni so‘rang. Bu usul real hayotda ham, onlayn hayotda ham ish beradi. Agar u inson bilan umumiy tanishlaringiz bo‘lmasa, ikkingizga ham qiziq bo‘lgan mavzularni topishga harakat qiling. Suhbatdoshingizga savollar berib, o‘zingiz haqingizda so‘zlab berishdan qo‘rqmang.
3. Noodatiy savollar bering
Shaxsiy mavzularni muhokama qiladigan kishilar o‘zlari bilmagan holatda yaqin bo‘lib qolishadi. Hamma bilgisi kelgan, lekin so‘rashga qo‘rqadigan narsalarni so‘rang. Qo‘shimcha savollar berib, suhbatni davom ettiring. Bunday savollar ko‘p, masalan:
- Hayotingiz davomida nimadan ko‘proq qo‘rqqansiz?
- Eng zo‘r sayohatingiz haqida so‘zlab bering.
- Sizga o‘zingizning turmush tarzingiz va uslubingiz yoqadimi?
- Dunyoda eng yaxshi ko‘rgan narsangiz?
- Oila a'zolaringizdan tashqari, kimlar sizga eng esda qolarli hayotiy saboq bergan?
4. Odamlarning ko‘zlariga qarang
Suhbatdosh bilan yuzma-yuz gaplashish insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Shu tariqa siz unga bo‘lgan samimiy qiziqishingizni namoyon etasiz. "Ko‘zlar - qalb oynasi", deb bekorga aytishmaydi, axir.
5. Ilhomlantiring
Odamlar bilan qanday ohangda muloqot qilishingiz katta ahamiyatga ega. Suhbatdoshingizni o‘z kuchini sinab ko‘rishga majbur qiling. Uni qo‘llab-quvvatlang, maslahat bering, shaxsiy tajribangiz bilan o‘rtoqlashing. Insonlarni yangi muvaffaqiyatlarga ilhomlantiring. Shunda siz boshqalarda o‘zingizdan keyin ijobiy taassurot qoldirasiz, insonlar siz bilan yana uchrashish istagida bo‘lishadi.
6. O‘z qiziqishlaringiz va xobbilaringiz haqida so‘zlang
O‘zingizga yoqadigan narsalar haqida so‘zlaganingizda ich-ichingizdan nur taratasiz va odamlar sizning hissiyotlaringizni albatta eslab qolishadi. Qiziq hikoyalar, tavsiyalar va taassurotlar bilan bo‘lishing. Bunga javoban suhbatdoshingiz ham o‘zining sevgan mashg‘ulotlari to‘g‘risida so‘zlab beradi.
7. Telefon raqamini so‘rashga qo‘rqmang
Agar kim bilandir suhbatlashish sizga huzur bag‘ishlagan bo‘lsa, u inson bilan xayrlashib ketish katta xato bo‘lardi. Ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish har doim ham samara beravermaydi, chunki suhbatdoshingizning bunga vaqti bo‘lmasligi mumkin. SMS-xabar esa natija bermay qolmaydi. Shunday ekan, tanishuvni davom ettirish niyatingiz bo‘lsa, suhbatdoshingizdan telefon raqamini so‘rashga jur'at qiling.
8. Kibrlanib ketmang
Muayyan doiralarda mashhur bo‘lsangiz, turli hikoyalarga boy bo‘lsangiz ham, qolganlar sizning soyangizda qolib ketishi kerak deb o‘ylamang. O‘zingizni kamsitmang ham. Aslida qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qoling.
Mavzuga oid
08:15 / 26.08.2024
O‘zbekistonda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global muloqot bo‘lib o‘tadi
15:58 / 11.11.2023
Putinning urush boshlanganidan beri birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti qachon o‘tkazilishi aytildi
15:43 / 10.11.2023
Kreml Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti va matbuot anjumanini birlashtiradi
08:59 / 02.11.2023