O‘zbekiston | 15:00 / 18.08.2017
13019
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Bekobodga elektrichka qatnaydi

Toshkent – Bekobod yo‘nalishi bo‘yicha elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. O‘zA xabariga ko‘ra, prezident Bekobod shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishishi chog‘ida shu haqda ma'lum qilingan.

Loyihada, jumladan, «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ hamda «Bekobod sement zavodi» ishchilari uchun arzon uy-joylar qurish ko‘zda tutilgan. 

«Davlatimiz rahbari mazkur uy-joylar atrofida bog‘ va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish obektlarini barpo etish, bir so‘z bilan aytganda mo‘'jaz shaharcha barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shaharchani tez va qisqa fursatlarda bunyod etish kerakligini ta'kidlab, unga «Mustaqillikning 27 yilligi massivi» deb nom berishni taklif qildi. 

Prezidentimiz, shuningdek, aholiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida Toshkent va Bekobod shaharlari oralig‘ida elektrichka qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi», deyilgan xabarda.

Mavzuga oid