Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Porsche 911 egasi uni boshqa rangga bo‘yatish uchun 100 ming dollar sarfladi
AQShda Porsche 911 Turbo sportkari egasi o‘zining “toychog‘i”ni o‘zi istagan rangga bo‘yatishi uchun 100 ming dollar, ya'ni shunday mashinaning narxidan ko‘proq pul to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda AQSh OAV ma'lum qilmoqda.
Mashina bo‘yalgan Porsche Exclusive atelesi mutaxassislarining aytishicha, sportkar egasi ularga mashinasini o‘ziga xos rangga bo‘yash iltimosi bilan murojaat qilgan.
Mijozning istagini 30 dan ko‘proq rangdan iborat 300 litr bo‘yoqni aralashtirgach qondirishga muvaffaq bo‘lingan.
Bundan tashqari, mashina egasi avtomobil tomi rangi boshqa detallar bo‘yalgan rangga sekin-asta o‘tishini istagan.
Mashinani bo‘yash uchun aytilgan xizmat haqi yana bir shunday mashinani sotib olishga yetsada, mijoz savdolashib o‘tirmaslikka qaror qilgan va natijada orzusidagi mashinani olgan.
Mavzuga oid
22:40 / 11.09.2019
Yilning eng katta daromad keltirgan avtomobili ma'lum qilindi
09:30 / 11.09.2018
Yilning eng yaxshi avtomobillari e'lon qilindi
15:08 / 11.04.2018
73 yoshli britaniyalik Porsche 911'da yer osti o‘tish yo‘liga quladi
10:58 / 28.09.2017