Jahon | 15:08 / 11.04.2018
7460
1 daqiqa o‘qiladi

73 yoshli britaniyalik Porsche 911'da yer osti o‘tish yo‘liga quladi

Britaniyaning Kolchester shahrida yashovchi 73 yoshli kishi o‘zining Porsche 911 Targa 4S mashinasida devorga urilib, yer osti o‘tish yo‘liga quladi. YTH davomida hech kim jabrlanmadi, deb yozadi BBC politsiya serjanti Kolin Shedning so‘zlariga asoslanib.

Voqea sabablari ma'lum qilinmagan, Ehtimol, keksa yoshli kishi pedallarni adashtirib yuborgandir. Endi u Fitness to drive (psixologik test va haydovchi ishonchliligini baholash) kursidan o‘tishiga va Haydovchilar hamda transport vositalarini litsenziyalash agentligi (DVLA)da izoh berishiga to‘g‘ri keladi. 

Foto: bbc.com

Buyuk Britaniyada 101 162 funt sterlingga baholanuvchi Porsche 911 Targa 4S 420 ot kuchiga ega. Modelning maksimal tezligi soatiga 303 kilometrni tashkil qiladi.

Foto: bbc.com
Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid