Jahon | 19:40 / 21.08.2017
9190
2 daqiqa o‘qiladi

Quyosh tutilishi Kaliforniyaga energetik kollaps bilan xavf solmoqda

Foto: Reuters

AQShning Kaliforniya shtati 21 avgustdagi quyosh tutilishi sababli 2500 MVt energiyadan mahrum bo‘ladi. Bu energiya esa 1,5 mln uyni elektr energiya bilan ta'minlashga yetgan bo‘lardi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda. 

Shtatda energiya yetishmasligi 3 soat davomida seziladi. Kaliforniyada elektr energiyaning 40 foizi tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga ishlab chiqariladi.

Quyosh tutilishi esa elektr tarmoqlari xodimlari uchun o‘ziga xos chaqiriq bo‘ladi, chunki quyosh energiyasi kelishining kamayishi va ko‘payishi keskin yuz beradi. Quyosh tutilishi vaqtida shtatda katta hajmda gidroelektrostansiya va tabiiy gaz qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan shtat rahbariyati aholidan quyosh tutilishi vaqtida elektr tarmoqlarga yuklama kamroq tushishi maqsadida uncha zarurat bo‘lmagan elektr asboblarni o‘chirib turishni iltimos qilgan. 

Hukumat rejalariga ko‘ra, 2045 yilga kelib Kaliforniyadagi butun elektr energiya 100 foizga tiklanuvchi manbalar hisobiga ishlab chiqariladi. 

21 avgustda 1918 yildan keyingi eng uzoq davom etuvchi quyosh tutilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tabiiy hodisa faqatgina AQSh hududidan ko‘rinadi. Shu sababli bu tutilish “Buyuk amerikacha tutilish” deb ham atalmoqda. Bu noyob tabiat mo‘jizasi vaqtida Quyosh 2 daqiqa 40 soniyaga butkul Oy bilan to‘siladi.

Mavzuga oid